Home » Без рубрики » DORIVOR GIYoHLARDAN FOYDALANISh

DORIVOR GIYoHLARDAN FOYDALANISh

DORIVOR GIYoHLARDAN
FOYDALANISh

DORIVOR GIYoHLARDAN FOYDALANISh: Indov. Bu giyohning shifobaxshlik xususiyatlari shundaki, uni iste’mol qilish jigar va taloq tiqilmalarini ochadi, ichni tozalaydi, peshobni keltiradi, buyrak va qovuq toshlarini maydalab, chiqarib yuboradi, maniy

hosil qiladi, jinsiy aloqa uchun harkat quvvati bag‘ishlaydi, badandagi yellarni tahlil qiladi, taom hazmini yengillashtyradi, peshobni ravon qiladi va shahvatning ko‘payishida, erlik olatini harakatga keltirishda saxro indovi tomorqada yetishtiriladigan indovga nisbatan kuchliroqdir. Shuningdeq bargiga qaraganda urug‘ining shifobaxshlik xususiyati kuchliroq. Agar urug‘i issiq suv bilan ichilsa, balg‘amni shiddat bilan daf etadi, tovuq tuxumining sarig‘i bilan iste’mol qilish lozimki, yog‘ dog‘ bo‘lib ketmasin. Ana shu yog‘ni sovutmasdan iliqligida quloqqa tomizilsa, quloq og‘rig‘i va karlikka, shuningdeq turli ohangda jaranglashlarga davo bo‘ladi.

Ittikan. Bu giyohning bargi, tomiri va mevasining suvini quyoshga qo‘yib, qiyom qilib yeyilsa, peshob yo‘llari zaxmini, ya’ni so‘zakni bartaraf qiladi, jinsiy quvvatni oshiradi, buyrak va qovuqdagi toshlarni maydalab, qulanjga shifo bo‘ladi. Ushbu giyohninghar bir qismining suvini asalga qo‘shib og‘izda chaynalsa, og‘izning ichi pishishi, ya’ni og‘iz ichining parat bog‘lanishi va undagi badbo‘y hidni daf etadi, tishlar milkining dardlariga dori bo‘ladi, xalqum mushaklarining shishlarini qaytaradi. Agar bu giyohning urug‘ini yangi sog‘ilgan sutda uch marta qaynatib, har gal qaynatilgandan keyin quritib, nihoyat, uchinchi martasidan so‘ng tuyib yeyilsa, jinsiy quvvatni oshirishda beqiyos davo hisoblanadi.

Sebarga. Ham madaniylashgan, ham yovvoyi navlari bo‘lgan ushbu giyohni hamma joyda uchratsa bo‘ladi. Gullari qizil va oq bo‘lib, tabobatda oq gullisi ko‘proq ko‘l keladi.

, Tabiiy davolar

Mizoji ikkinchi darajada issiq va birinchidan quruq. Uning madaniylashgan navining shifobaxshlik xususiyatlari ko‘p. Ho‘l sebargadan siqib olingan suv bir necha kun quyoshga qo‘yib qo‘yilsa, qurib sharbat hosil bo‘ladi. Usha sharbat surtmaga o‘xshatib ko‘zga tortilsa, ko‘zni xiralashtiruvchi pardani va unga tushgan xolni daf qiladi, ko‘z yarasiga davo bo‘ladi.

Urug‘ining mizoji issiqroq va giyohnikiga qaraganda quruqroq, uni yeyish jinsiy quvvat beradi hamda terini tozalovchi hisoblanadi. Agar buni tuyib, suv bilan xamirga qorib surtilsa, yuzdagi kir va sepkilli dog‘larni daf qiladi. Bir kunda uning urug‘idan bir marta yeyish miqdori 10,5 grammgacha. Biroq uning iste’moli badan terisida qo‘tir paydo qiladi. Bunday holatlarda qatiro yeyish tavsiya qilinadi. Shuningdeq uning iste’moli ko‘krak osti a’zolariga ham zarar qiladi. Kallaqand yeyilsa, yetgan zararni darhol daf qiladi.

Yo‘ng‘ichqa. Uning shifobaxshlik xislatlari shundaki, agar u iste’mol qilinsa, ichni yumshatadi, jinsiy quvvat bag‘ishlaydi, biroq qorinni dam qiladi. Shakar bilan doimiy ravishda yeyilsa, tanani semirtiradi, undan sog‘lom qon paydo qiladi.

Zanjabil. Uni iste’mol qilgan kishining hofiza quvvati, shuningdeq me’da, jigar, ichaklar va taloq kabi hazm a’zolari quvvatini oshirib, jinsiy quvvatni mustahkamlaydi, me’da va ichaklardagi g‘aliz yellarni tahlil qiladi, balg‘am hamda me’daning ichki devoriga yopishgan quyuq rutubatlarni titib, tarqatib yuboradi, sovuqdan va olatning sustligidan vujudga kelgan sariq kasalligi va chakmezakka shifo bag‘ishlaydi.

 

jinsiy
Titan Gel Orginal: OLATNI KATTALASHTIRISHKO'RISH
+ +