Загрузка...
Home » Erkak jinsiy » MURABBOLARNING JINSIY FAOLIYaTGA FOYDASI HAQIDA

MURABBOLARNING JINSIY FAOLIYaTGA FOYDASI HAQIDA

MURABBOLARNING JINSIY FAOLIYaTGA FOYDASI HAQIDA

MURABBOLARNING JINSIY FAOLIYaTGA FOYDASI HAQIDA: Pista murabbosi. Jinsiy qobiliyat va miyaga quvvat bag‘ishlaydi. Xafaqon, jigar sovuqligi, buyrak torayishini y5j;otadi va qora jigarga foydalidir.

Tayyorlash usuli: po‘sti tozalangan pista olinadi va bodomdagidek qand yoki asal yoxud har ikkalasi bilan murabbo tayyorlanadi.

Oq baxman murabbosi. Urug‘ni kupaytiradi va quvvatlantiradi. Buyraq belga quvvat bag‘ishlaydi va jinsiy qobiliyatni oshiradi. Shu bilan birga oshqozon va miyaga quvvat beradi, shodlantiradi. Bir ichimi olti gramm.

Tayyorlash usuli: tozalangan oq baxman olinib, uch kun davomida suvga solib qo‘yiladi. Har kuni suv almashtirib turiladi. To‘rtinchi kuni har qaysi baxmanning bir necha yeri teshiladi va yana bir kun suvga solib qo‘yiladi. Shundan so‘ng suvdan olinadi va tamoman suvi ketguncha siqiladi. Har bir may baxmanga bir man asal va ikki man suv qo‘shib, qiyomiga yetib quyulgunicha qaynatiladi. So‘ngra olovdan olinadi va uch kundan keyin olovda ozgina qaynatiladi. Qaynagach, chinni idishga solinadi va qirq kundan so‘ng iste’mol qilinadi.

Sabzi murabbosi. Jinsiy qobiliyatni qo‘paytiradi va buyraq belni baquvvat qiladi. Shu bilan birga yo‘tal va istisqoga foydalidir. Uning bir ichimi o‘n diramdir.

Yong‘oq murabbosi. Jinsiy qobiliyatni kuchaytiradi, belni mahkam qiladi, ko‘krakni yumshatadi, me’dadagi rutubatlarni quritadi va jigarni baquvvatlashtiradi.

Tayyorlash usuli: po‘sti va mag‘zi qotmagan yangi yongoqlardan olinadi, o‘n kun davomida ohakli suvga solib qo‘yiladi. Keyin shirin suvda qaynatilib, yana 10 kun shirin suvga solib qo‘yiladi. Unda saxirlik mutloq bartaraf bo‘lguncha s}shi almashtirib turiladi va unga shira sinishi uchun igna uriladi. So‘ngra asal yoki oq qand sharbati solib, pishguncha qaynatiladi. Pishgach, idishga solib saqlab qo‘yiladi.

Qovun murabbosi. Pishmagan qovun olinadi. Po‘sti vaurug‘idan tozalanadi. Bo‘lak- bo‘lak qilinib, besh kun davomida yetilguncha ohak suviga solib qo‘yiladi. So‘ng shirin suvda shakar yoki qand sharbatida pishiriladi. Ozgina mushk ham qo‘shib yuboriladi.MURABBOLARNING JINSIY FAOLIYaTGA FOYDASI HAQIDA

Tulki moyagi murabbosi. Urug‘ni ko‘paytiradi, jinsiy qobiliyatni qo‘zg‘otadi va quvvatni ziyoda qiladi. Bel, buyrakni baquvvatlashtiradi va miyani ho‘llaydi.

Tayyorlash usuli: yangi tulki moyagidan olib, uch kun davomida suvda bo‘ktirib ko‘yiladi. Agar qurug‘i bo‘lsa, o‘n ikki kun suvda bo‘ktirib qo‘yiladi. So‘ngra har biriga o‘n martadan igna sanchiladi va yana bo‘ktirib qo‘yiladi. Undan oqayotgan suyuqlik qolmaguncha tozalanib turiladi. Shundan so‘ng har bir man tulki moyagiga ikki may toza asal solinadi va uch kun davomida saqlab ko‘yiladi. So‘ng o‘rtacha olovga ko‘yiladi. Bunda u aslo qaynamasligi kerak. Ikki soatdan keyin olib, 3 kundan so‘ng asal quyulgunicha yana yuqoridagidek olov ustiga ko‘yiladi. Keyin chinni idishga solinadi va qirq kundan so‘ng iste’mol qilinadi.

Xurmo murabbosi. Tananing semirishiga va jinsiy qobiliyatning oshishiga foydalidir.

Tayyorlash usuli: pishgan hurmolardan olinib, so‘ng idishga solib, unga ozgina zanjabil

Tabiiy davolar ko‘shilgan novvot sharbati quyiladi va xurmoga shirin singani qadar bir necha kun saqlab qo‘yiladi. Shundan keyin iste’mol qilinadi. Agar ozgina tozalangan oq kunjut solib yuborilsa, foydali va yaxpti bo‘ladi.

Zanjabil murabbosi. Sovuq me’da, buyraq qovuqni issiq qiladi va hayz qonini yurgizishda, bezgak xuruj qilganida foydalidir. Balg‘amdan va savdodan bo‘ladigan isitmani yo‘qotadi. Jinsiy qobiliyatni kuchaytiradi. Buqrot aytadiki, agar bu murabboni katta yoshdagilar yesalar, tez qarimaydilar.

Tayyorlash usuli: yangi zanjabil olinadi. Agar yangisi tonilmasa, uning qurug‘ini olib, yigirma kun davomida qumga qo‘yiladi va har kuni ustidan suv quyib turiladi. So‘ngra qumdan olingan zanjabilni yuvib tozalanadi va toza suvda qaynatiladi. Unga ham igna sanchiladi. Keyin^shakar yoki quyultirilgan iliq asal quyiladi. Yigirma kundan so‘ng undan ajratib, iliq sharbatga solinadi va o‘n besh kun davomida saqlab, keyin iste’mol qilinadi.

Sholg‘om murabbosi. Foydasi jihatidan sabzi murabbosiga yaqindir. Me’da, jinsiy qobiliyat, yuraq miyani quvvatlantiradi va ko‘zni ravshanlashtiradi. Tug‘ish va tug‘dirishni ko‘paytiradi. Ko‘krakni muloyimlashtiradi. Hakimlarning tasdiqlashlaricha, bir necha yil ko‘r bo‘lgan kishi bir yil davomida yesa, ko‘rish qobiliyati qayta tiklanadi va ko‘z nuri ziyoda bo‘ladi.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu buyuradilar: «Sholg‘om yenglar va bu haqda dushmanga xabar bermanglar. Bu sholg‘om hazrat Idris payg‘ambarning mo‘jizasidandir. Bizning payg‘ambarimizga bola-chaqaning

ko‘payishi uchun nozil bo‘lgan». Chunki o‘sha ayyomda tug‘mas xotin va bola ko‘rmaydigan erkaklar ko‘p edi. Hokimi mutloq Allohning ishi nuqsonsizdir. U kasalliklarni yo‘qotish uchun ham tavsiya qilingan.

Tayyorlash usuli: sholg‘omlardan olinadi va uzunasiga bo‘linadi. Uch kun sho‘r suvga solib ko‘yiladi. So‘ngra yuvib, sho‘ri ketguncha uch kun toza suvga solib qo‘yiladi, keyin asal suvda pishiriladi. Shuningdeq sabzi murabbosiga solingan dorivorlardan bunga ham solinadi.

jinsiy