Home » Davolash » Yong‘oq foydasi

Yong‘oq foydasi

Yong‘oq foydasi

Yong‘oq foydasi: Yong‘oq qadim zamonlardan beri xalq tabobatida keng qo‘llanib kelinadi. Uning turgan-bitgani koni foyda bo‘lib, Ibn Sino yong‘oq haqida shunday deydi: «Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qon oqishga qarshi foydasi bor, yog‘i yaralarga, saramasga va ko‘z atrofidagi oqma yaralarga foyda qiladi». Yeng‘oqli murabbo sovuq mizojli buyrakka juda foydalidir.

Buni iste’mol qilish mayda gijjani haydaydi. Muhammmad Husayn ibn Muhammad al-Oqiliyning «Davolar xazinasi» («Maxzan-adviya», 1777 y.) tarixiy kitobida yozilishicha, yong‘oq organizmni yumshatib, qattiq moddalarni so‘rib oladi. Me’daning hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi. Miya, jigar, yurak faoliyatini mustahkamlaydi. Agar yong‘oq mag‘zini mayiz bilan iste’mol qilinsa, iliq hissiyot uyg‘otadi. Bu keksa yoshdagi kishilar uchun juda foydalidir.

Besh kun yongok; magzin iste’mol,

Yuzdan bir foydasin aytaman bu on.

Xalos g%ilar seni kadu donadan,

Bel ogrigin sendan huvar har zamon.

Uzun hurtlarni ham o‘ldirar butkul, Kindik burashiga bo‘ladi darmon.

Shahvati sust bo‘lsa har bir kishining, Undan ho‘zgoladi shahvati oson.

Anjir bilan yongoh ho‘shilsa agar,

Zahar kishi uchun hilmagay ziyon.

«Hakimlar hikoyatidan»Yong‘oq foydasi

Hozirgi‘zamonaviy tibbiyotda ham yong‘oйқning bir qator xususiyatlaridan foydalanadilar. Chunonchi, mag‘zi tarkibida kalsiy, fosfor, temir, yod, mis kabi unsurlar mavjud. Yana juda oz mikdorda natryy tuzi bo‘lgani uchun u buyrak kasalliklarida hamda qon aylanishi buzilishi, podagra bilan og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar yong‘oq yeyishlari kerak (Dagmar Lanska, 1989). Lekin u yuqori quvvatga ega bo‘lgani uchun vazni og‘ir kishilarga tavsiya qilinmaydi.

S.Ya.Sokolof va I.P.Zamotaevlarning bergan ma’lumotiga qaraganda, yong‘oq parhez ne’mati sifatida gipo- va avitaminozda, organizmda temir hamda kobalt tuzlari tanqis bo‘lganida, qon hosil qiluvchi vosita sifatida, shuningdeq arteroz, skleroz kasalligining oldini olish hamda davolash maqsadida tavsiya etiladi. Yong‘oq sil kasalligini davolashda ham ijobiy natija beradi. Jumladan, Odessadagi silga qarshi ilmgoh yong‘oqdan olinadigan ELO preparatini bu kasallikni davolash uchun tavsiya etgan.

jinsiy
Titan Gel Orginal: OLATNI KATTALASHTIRISHKO'RISH
+ +