Adenomada
30 gramm nok guli ustiga 1 litr qaynagan suv quyiladi. U 10 daqiqa turgach, suzib olinadi. Bu damlamani har kuni 1 stakandan 5 mahal ichilsa, prostata adenomasidan xalos etadi.
Anginada
100 g sarimsoqni maydalab, termosga soling. Ustidan 0,5 stakan qaynoq suv quyib, 5 soat dam yediring. Damlama qultumlab ichiladi.
Yalpiz barglaridan tayyorlangan damlama yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Bu dam- lama bronxit, angina, tumov, faringit kasal- liklarida juda foydalidir.
Yalpizning quritilgan barglari kukun holi- ga keltirilib, undan bir osh qoshiq olinadi va ustiga 250 ml qaynoq suv solinadi.
Angina boshlanishida limon foydalidir. Limonningyarmini po‘chog‘i bilan birgatishlab, og‘izda sekin-sekin aylantirib chaynaladi. Shundan so‘ng 1 soat davomida hech narsa yemang. Bu tadbirni 2 soatdan so‘ng takrorlang.
Angina va yuqori nafas yo‘llarining yallig‘- lanish kasalliklarida anjir murabbosi choy bilan ichiladi.