Anor gullari ham shifo
Anor gullarining damlamasidan Xitoyda ichburug‘, paradantozga davo qilish uchun foyda- laniladi, gullarini quritib, turli jarohat- larga sepiladi.
Anor po‘stlog‘i qaynatmasining
shifobaxshligi
Anor mevasi po‘stlog‘idan tayyorlangan qay- natma og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishida davo bo‘ladi, shuningdek, ichburuqqa ham shifodir.
Ushbu qaynatma gijjani haydashi haqida Ibn Sino xabar qiladi.
Tayyorlashning birinchi usuli: og‘zi yopiladigan idishga 1 stakan suv quyiladi, ustiga maydalangan meva po‘stidan 1 choyqoshiq solib qaynatiladi va 2 soat tindirib qo‘yi- ladi, so‘ngra dokada suziladi. Qaynatma yuqo- rida aytib o‘tilgan kasalliklarda kuniga 3 mahal ovqatdan oldin 1 oshqoshiqdan ichiladi.
Ikkinchi usul: 20 g quruq po‘sti yoki 50 g anor mevasiga 200 ml suv solib, past olovda 30 daqiqa qaynatiladi, dokada suziladi, kuniga 2 mahal 2 oshqoshiqdan ichiladi.
Uchinchi usul: og‘zi yopiladigan chinni, sirlangan yoki yuqori haroratga chidamli idishga 200 g miqdorida suv quyiladi, unga anor mevasining maydalangan po‘stlog‘idan 1 choyqoshiq solib, 15 daqiqa davomida qayna- tiladi. 2 soat davomida tindirib qo‘yilgach, suzib olinadi. Tayyorlangan mazkur qaynatma kuniga 3 marta 1 oshqoshiqdan ovqatdan oldin ichiladi. Undan og‘iz bo‘shlig‘ini chayqashda ham foydalanish mumkin.
Anorning po‘chog‘ini qaynatib, dokadan o‘tkazib, iliq holatda bavosil, kolit, prosta- titda klizma qilish lozim. Ayollar kasalligida
esa uni farjga ko‘tarish kuchli shamollashlarga qarshi vosita bo‘ladi. Bepushtlikning oldini oladi.
Anor suvining shifobaxsh
xususiyatlari
Shirin anor suvi gastritlar, buyrak sanchiq- larida, nordon anor suvi esa qandli diabetda buyuriladi. Quyuqlashtirilgan suvi lavsha, bavosil, konyuktivitlarda ishlatiladi, ish- taha ochish uchun, shuningdek, jarohatlarni biti- ruvchi, isitmani tushiruvchi, chanqoq bosuvchi vosita tariqasida tavsiya etiladi.
Shirin anor suvi shishaga solinib, qaynab chiqquncha oftob nuriga tutib turilsa, so‘ngra bu suvdan ko‘zga surtilsa, ko‘zning qichishishi yo‘qolib, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi.
Anor suvi va qaynatmasi yana qon oqishi bilan kechadigan ichburug‘da, enteritlarda burishtiruvchi va mustahkamlovchi vosita sifatida tavsiya qilinadi. Anor po‘stidan
qaynatma tayyorlash uchun 1:30 nisbatda qaynat- ma tayyorlanadi va kuniga yarim oshqoshiqdan 2-3 mahal ichiladi.
Anor suvi xushbo‘y ichimlik bo‘lib, uning tarkibida organizm yaxshi hazm qiladigan shifobaxsh elementlar mo‘l. Unda kaliy moddasi ko‘pligi jihatidan boshqa meva suvlaridan ustun turadi. Shuning uchun qon bosimi kasal- ligi, qon aylanishi yetishmovchiligi bor bemorlarga anor suvi ichishni tavsiya qilish mumkin. Gastrit, enterkolit kasalliklari bor bemorlar, shuningdek, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi zo‘raygan paytda anor suvini boshqa meva suvlari kabi suvga qo‘shib ichish kerak.
Anor suvida V vitamin guruhi, RR, S vita- minlari, Aprovitamini (karotin) ancha-muncha. Folatsin, pantotenat kislota, V6 vitamini juda ko‘p. Bu vitaminlar moddalar alma- shinuvida qatnashadi, organizmda oqsilning sintezlanishida ishtirok etadi, yog‘lar va ugle- vod almashinuvini normaga soladi, folatsin
esa, yuqoridagilardan tashqari, kamqonlikning ba’zi turlarida qon tarkibiga ijobiy ta’sir etadi. Anor suvi tarkibida yana pektin moddalar, shuningdek, tanin (oshlovchi modda) bo‘lgani tufayli u hazm organlarining turli yallig‘lanish kasalliklarida foydalidir. Jumladan, ich buzilganda shifo bo‘ladi.
Anor jigar hujayralari faoliyatini kuchaytiradi, organizmdan urat kislotasini chiqarib yuboradi, qonni va oshqozon-ichak yo‘l- larini toksinlardan tozalaydi, viruslarga qarshi himoyani ta’minlaydi.
Artrit, podagra va revmatizmda yerqalam- pir (xren)ni qirg‘ichdan o‘tkazib, toza matoga surting va og‘riyotgan bo‘g‘imga qo‘ying.
Shuningdek, yerqalampirdan kompress qilish mumkin: 1 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan yerqalampir ustiga 2 stakan qaynagan suv quying va 1 soat damlang. Keyin dokani damla- maga ho‘llab, og‘riyotgan joyga qo‘ying.
Anjir lardlarga davo
Tabiblarning ta’kidlashicha, larmonsiz- likda, yurak behalovatligida, ko‘krak shamol- lashi va og‘rishida, bronxial astma, yo‘tal va anginada, buyrak va qovuq xastaligida anjir va uning qoqisidan iste’mol qilish foydalidir.
Yangi uzilgan va yaxshi pishgan anjir meva- si yeyilsa, ichni yumshatadi, badandagi ichki shishlar va quyuqlashgan moddalarni tahlil qiladi, me’da va ichaklarni begona modda- lardan tozalaydi, tutqanoq va tananing boshdan oyoqqa qalar bg*r tomoni ishlamay qolishi (falaj)ga davo bo‘ladi, ozuqa sifati^a boshqa mevalarga qaraganda kuchli, me’dada tez hazm bo‘ladi, terlatadi, badan harorati va tashnalikni bartaraf qiladi, g‘azab qaynashini bosib, yurakka huzur bag‘ishlaydi.