ERKAKKA KUCh BERADIGAN TABIIY VOSITALAR: Xom ipaq o‘rdak miyasi, chumchuq kindigi, kiyik olati, piyoz, panirmoya, arab sheri, xardal urug‘i, yovvoyi sabzi, anis, kokos yong‘og‘i, shumtol, qichitqio‘t, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, sassiq kavraq gandano, sabzi, indov, shivit, sholg‘om, qovun, bodringurug‘i, buzaydon, pista, funduq, yong‘oq mag‘zi, qizil va oq baxman, sarimsoq, mirta o‘simligining mevasi, semizo‘t, temirtikon, no‘xat, sariq yo‘ng‘ichqa, tulki moyagi, qavlinjon, uzunmurch, dolchin, qora andiz, zanjabil, kunjut, savrinjon, nazlao‘ti, qalampirmunchoq, qust, kanop, mushq anbar, shakar, za’faron, Eronkavragi, mahsar, oltin, kumush, marvarid, yoqut va marjon.
Jinsiy quvvatni ziyoda qilib, yuraq miya, buyrak va belga kuch berib, shodlik paydo qiladi: qizil va oq baxman, buzaydon, yovvoyi sabzi, qirfa, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, kaboba, havlinjon, yirik va mayda hil, sunbul, yalpiz, anor ipori, qalampirmunchoq, mastika, hind sozaji, shodana, qo‘ng‘irrang anbar, marvarid, shumtol – har biridan uch diramdan, xom ud, za’faron – har biridan ikki diramdan, suq oltin, eritilgan kumush – har biridan yarim misqoldan, sariq yoqut – misqolning oltidan bir miqdorida,
tuploq – bir yarim diram, tulki moyagi, ko‘knor urug‘i – har biridan o‘n diramdan, suv ho‘kizining olatini egovlab mayda qilin. anidan yarim diram, saqanqur kindigi – o‘n besh diram, bularni tuyib, elab, o‘n diram bodom yog‘iga aralashtirib, qand bilan qiyom qilingan sutning ichiga solib, ma’jun tayyorlanadi va har kuni bir diramdan bir misqolgacha yeyiladi.
Maniy quvvatini, yurak kuchini va miya quvvatini ziyoda qiladi, olatni qattiq qiladi, rang-ro‘yni tozalaydi va nuroniy qiladi: shumtol, tulki moyagi, yovvoyi sabzi, havdinjon, qizil va oq tudariy – har biridan uch
diramdan, zanjabil, shirin qust, buzaydon – har biridan ikki diramdan, habb ul-za’lam urug‘i, chayonsimon darunaj – har biridan ikki diramdan, qalampirmunchoq, dolchin, tuyoqo‘t, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, kaboba, hind tuplog‘i, qirfa, muskat yong‘og‘i, ud, anor ipori, za’faron, qo‘ng‘irrang anbar – har biridan bir yarim diramdan, pista mag‘zi, sanavbar bujuri, habbat ul-xazro, chigit mag‘zi, po‘sti tushirilgan kunjut, kokos yong‘og‘i – har biridan yetti diramdan, saqanqur suvi – o‘n besh diram,
katta miqdori olti diram, balzam daraxtining mevasi, oq murch, qovun urug‘ining mag‘zi, ikki xil rang urug‘larining mag‘zi, indov, gandano, piyoz, sholg‘om, shivit, oq qo‘knor, temirtikon, xilyun urug‘lari, qahrabo – har biridan o‘n diramdan, mushk – olti no‘xat miqsori, bularni tuyib, elab, hammasini aralashtirib, jimo’dan so‘ng bir misqoldan uch diramgacha tanovul qilinadi.
Yuraq me’da, miya va belga quvvat berib, olatni shiddatlantiradigan va uni to‘liq tikkalantiradigan narsalar: bodom mag‘zi, pista, funduq, kokos yong‘og‘i, sanavbar bujuri, yovvoyi sano urug‘i, xabbat ul-xazro, qov}gn urug‘i va xabb ul-zalam urug‘ining mag‘zi, oq ko‘knor, po‘sti tushirilgan kunjut – har biridan o‘n diramdan, kaboba, qirfa, havlinjon, qalampirmunchoq, yovvoyi sabzi – har biridan yarim diramdan, muskat yong‘og‘ining qobig‘i, shumtol, sunbul – har biridan uch diramdan, qizil va oq baxman,
buzaydon, sholg‘om, piyoz, shivit urug‘lari – har biridan olti diramdan, xurmo, egovlanib maydalangan ho‘kiz olati – har biridan to‘rt diramdan, zanjabil, mushq za’faron, uzunmurch – har biridan uch diramdan, chumchuq miyasi – o‘n diram, tulki moyagi – o‘n besh diram, bularning ikki barobar mikdorida asal bilan sharbat tayyorlab, har biri ikki misqoldan ichiladi. Qovurdoq no‘xat suvi, tovuq tuxumining chala pishirilgan sarig‘i, kabob va xom piyozdan ovqat yeyiladi.
Ma’juni falsafa (faylasuflar ma’juni). Balg‘amni yo‘qotishda, buyrak va burunlar, orqa suyakning og‘riqlari, siydikning tomchilab kelishida, moddalarning turlanishi va bodllarning og‘rishini daf etishda tengi yo‘q foydali davodir, shuningdeq shodliq xursandlik va to‘liq ishtaha paydo qiladi, maniyni ziyodalashtiradi, olatni mustahkamlaydi.
Hakimlarning aytishicha, faylasuflar ma’juni yigitlikni qaytaradi. Xususan, balg‘am mizojli kishiga shunday ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibi: murch, uzunmurch, dolchin, halilaning po‘sti, omila, shiytarj, yumaloq zirovand, bobuna, tulki moyagi, sanavbar mag‘zi, kokos yong‘og‘i – har biridan o‘n diramdan, mayiz – o‘ttiz diram, bularga nisbatan uch barobar oraliqdagi asalga qo‘shib aralashtirib, ma’jun qilinadi, har kuni uch diram miqdorida tanovul etiladi.