Home » homiladorlik taqvimi » homiladorlik taqvimi 30-haftasi

homiladorlik taqvimi 30-haftasi

homiladorlik taqvimi 30-haftasi

homiladorlik taqvimi 30-haftasi: Homiladorlikning 30-haftasi – bu ko‘p narsani anglatadi. Birinchidan, ona qornidagi bola – muayyan ko‘nikma va reaksiyalarga ega bo‘lgan, amalda shakllanib qolgan odamcha hisoblanadi. Ikkinchidan, dekretga chiqish vaqti kelgan. Uchinchidan, tug‘ruqqa oz qolgan.

Hozir u – sizning jimitingiz qanday? UZIda nafaqat inson bolasining aniq chizgilarini ko‘rish mumkin, balki uning qanday nafas olayotganini, ona qornidan tashqarida bo‘lganida o‘zining birinchi harakatlari, nafas olish-chiqarishni mustaqil tarzda bajarishga qanday tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rish mumkin.homiladorlik taqvimi 30-haftasi

homiladorlik taqvimi 30-haftasi – homilaning rivojlanishi

Homiladorlikning “balog‘atga yetgan” davri boshlandi. Bolakay endi uyqusida mushtchalarini siqishi, yelka qisishi, yuzini burishtirishi va kerishishi mumkin. U sizni tushunadi, o‘ziga yoqadigan yoki yoqmaydigan narsalarga munosabat bildiradi. Masalan, qorningizni silaganingizda sizga ijobiy munosabatini, sigaret chekilgan xonada yoki noqulay holatda o‘tirganingizda salbiy munosabatini bildiradi.

Agar me’yorda o‘sayotgan bo‘lsa, kichkintoyingizning ko‘zlari yirik ochilgan va ko‘z kosasida harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bola ona terisi va qorin mushaklari orqali kirib keladigan yorug‘likka ta’sirchan bo‘ladi (yorug‘lik qanchalik kuchli bo‘lsa, bola ham shunchalik qattiq tepishi mumkin), uning tuklari o‘sadi, uyqu va bedorlik ritmi ishga tushgan, o‘pkalari esa mustaqil ishlashga rostmana tayyorlanyapti. Homiladorlikning 30-haftasida kichkintoy miyasining massasi oshadi, burushiq va burmalari miqdori hamda chuqurligi ko‘payadi. Bosh miya qobig‘ining funksiyalari esa kichkintoyingiz tug‘ilganidan keyingina rivojlanadi.

Kichkintoyning 30-haftadagi og‘irligi

Hozir jimitning vazni 1,4-1,5 kilogrammni tashkil etadi, bo‘yi esa 37–38 santimetrlarga yetib qolgan. Bolakay katta bo‘lib qolgan, lekin onasining qornida u hamon o‘z joylashuvini o‘zgartirib turadi. Uning erkin harakatlar qila olishi uchun yana ikki hafta bor. Shundan keyin bola muayyan bir holatni – boshi bilan pastga qaragan (bosh bilan yotish) yoki boshini osmonga qaratgan (tos bilan yotish) holatni egallaydi.

Homiladorlikning 30-haftasi – qimirlashlar

Homiladorlikning 30–31-haftalarida o‘z his-sezgilaringizga, qorin ichidagi harakatlarga, tortqilash va musht bilan zarb berishlarga e’tiborli bo‘lish lozim. Kichkintoyning qanchalik faolligi, qanchalik me’yorda rivojlanayotgani, homiladorlikning keyingi bosqichlariga hech nima xavf solmayotganini bilish uchun qimirlashlar o‘rtasidagi oraliq vaqt bilan qiziqib ko‘rish va muayyan o‘lchovlarni bajarish kerak bo‘ladi.

  • Soatli o‘lchov: bolaning faol harakatlanish davri vaqtida kamida 6 ta qimirlash.
  • Olti soatlik o‘lchov: kamida 10 ta qimirlash.
  • O‘n ikki soatlik o‘lchov: kamida 24 ta qimirlash.

“Rosayam tuk-sochli bola”

Homiladorlikning 30-haftasida bola tanasidagi momiq tuklardan xalos bo‘la boshlaydi. Ba’zida ularning bir qismi, ba’zida esa ancha qismi baribir qoladi. Shunda dunyoga keladigan bola tukdor bo‘ladi.

Lekin har bir bolaning o‘sishi va sertuk bo‘lishining o‘zi alohida holat. Ayrim bolalar sochi bilan, boshqalarining kal bo‘lib tug‘ilishi ham me’yordagi holdir.

Ona o‘zini qanday his qilmoqda

Qorindagi bola ancha o‘sib qolganligi sababli ayollar homiladorlikning 30-haftasida talay noqulay sezgilarni his etishadi. Sizning ichki organlaringiz siqib qo‘yilgan, harakatlaringizning shashti pasaygan, qadam tashlashingiz salmoqdor bo‘lib qolgan, bir so‘z bilan aytganda, o‘rdak yurishga ega bo‘lib qolgansiz.

Tanangizning og‘irlik markazi o‘zgarib turganligiga qaramay, qomatni tik tutishni unutmasligingiz kerak. Moddalar almashinuvi shunchalik oshganki, nafaqat iliq, balki ancha salqin kunda ham qizib ketayotgandek bo‘lasiz. Ter chiqishi kuchayadi.

Ko‘pincha oxirgi trimestrda ayollar kamqonlikka uchrashadi, qorin sohasida uzun chiziqli qizil dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Bachadon juda yuqoriga ko‘tariladi (uning joylashuvi quyidagicha bo‘ladi: kindikdan 7,5–10,2 sm hamda qov simfizidan 29–30 sm yuqorilikda). Bunday joylashuv diafragmani yurakni ezishga shunchalik majbur qiladiki, hatto u holatini o‘zgartiradi va yonboshga “yotib qoladi”. Shu bois siz nafas olishga qiynalishingiz va harsillashingiz mumkin.

Homiladorlikning 30-haftasida kamsuvlilik

Mazkur muddatda o‘z holatingizga e’tiborli bo‘lish talab qilinadi. Ona uchun bu hozir muhimdir. Tahlillarni o‘z vaqtida topshiring, UZI qildiring va akusher-ginekologning tavsiyalariga rioya eting. Bu ehtimoliy muammolarni bartaraf etish uchun kerak.

Bu davrda kamsuvlilik tashxisini qo‘yishlari mumkin. Bunday tashxis, odatda, homila atrofidagi suvlar 500 ml yetmaganda qo‘yiladi. Bu suvlarning so‘rilishi yoki paydo bo‘lishidagi buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu, shuningdek, ayolning organizmidagi biror buzilishlarga dalil bo‘lishi mumkin. Bunday tashxisni shifokor faqat to‘liq tekshiruvdan keyingina qo‘ya oladi. Homiladorga maxsus davolanish muolajasi tayinlanadi.

Darhol dekretga!

Homiladorlikning 30-haftasi – amaldagi qonunchilikka binoan barcha ishlovchi ayollarga beriladigan tug‘ishgacha ta’tilning boshlanishi. Bu ta’tilni hordiqqa, uyquga va sayrlarga sarflash mumkin va lozim.

Bizning ayollar – o‘zimizning ayollarimizdir. Ko‘p hollarda ular chegaradan chiqib ketishadi: ba’zida tug‘ruqdan oldingi ta’til vaqtida ulgurilmagan hamma ishlarni qilish, yig‘ilmagan joylarni yig‘ishtirish-joylash, tozalanmagan joylarni tozalash va boshqalarga ulgurmoqchi bo‘lishadi yoki aksincha, boshni ko‘tarmay uyquga ketishni istashadi.

Birinchi holatda donolar naqlini esga oling: ish degan tugarmidi, ayniqsa shunday qorin bilan? Ikkinchi holatda esa oddiy tajribaga rioya qiling: dam olish va uyquchilik – boshqa-boshqa narsa. Me’yorida harakatli bo‘ling, tug‘ruqqa tayyorlaning hamda onaning charchog‘i yoki lanjligi bolada ham o‘z ta’sirini qoldirishini unutmang. Siz bir-biringizga bardam, sog‘lom va faol holda keraksizlar.

homiladorlik taqvimi 30-haftasi

jinsiy
Titan Gel Orginal: OLATNI KATTALASHTIRISHKO'RISH
+ +