Home » homiladorlik taqvimi » homiladorlik taqvimi 33-haftasi

homiladorlik taqvimi 33-haftasi

homiladorlik taqvimi 33-haftasi

homiladorlik taqvimi 33-haftasi: Hammasi joyida. Homiladorlikning 33-haftasi keldi. Onadagi kamqonlik o‘tib ketdi, bolakay yana bir santimetrga o‘sgan. Qorin ichi unga tobora torayib bormoqda. Kichkintoy tushlar ko‘ra boshlagan. Ehtimol, o‘ttiz uchinchi haftada ona ham tushida yorqin va quvnoq “multfilmlar” ko‘ra boshlaganining sababi shu bilan bog‘liqdir.

homiladorlik taqvimi 33-haftasi – bolaning vazni

Homiladorlikning 33 – 34-haftalik muddatida deyarli oy-kuni yetgan bola 42–44 sm gacha o‘sgan bo‘ladi. Homiladorlikning 33-haftasida me’yor doirasida o‘sayotgan bolaning vazni ikki kilogramm atrofida bo‘ladi. Ko‘p uxlaydi (bolalar uyquda o‘sadi-da!), uyquning tez fazasida turar ekan, u ko‘z qorachig‘ini qimirlatadi.homiladorlik taqvimi 33-haftasi

Uning yurakchasi takomillashuv jarayonida bo‘ladi, biroq, yurak bo‘lmasi orasida jimittekkina teshik qolgan bo‘lib, kichkintoy dunyoga kelgach, ilk nafas olgan soniyadayoq bu teshik yopilib ketadi.

Tilida ta’m sezuvchi so‘rg‘ichlar shakllangan bo‘ladi. Bolajoningiz nordonni shirindan bemalol ajrata oladi.

Homiladorlikning 33-haftasi – qimirlashlar

Endokrin, asab va immun tizimning shakllanishi oxirgi bosqichda turibdi. Tana qismlari mutanosib bo‘la boshlagan. Kichkintoy teri osti yog‘larini yig‘ishda davom etadi, borgan sayin yuzida ajinlar kamayadi, yonoqlar “o‘sib chiqadi”. Lekin yog‘li kletchatka hali kamroq, bunday bolalar muddatidan oldinroq tug‘ilganda issiqni yaxshi ushlab qololmaydilar. Ularni inkubatorda yoki grelka yordamida saqlab qolishadi.

Homiladorlik 33-haftaga yetganda homilaning qorin ichidagi qimirlashlari faolligi pasayadi. Bolakay o‘ziga kerakli ozuqalarni onasidan yanada faol olib, vaznini oshirishda davom etadi. Uning qayrilib va aylanib turishi ancha qiyinlashgan. Bolakay yengilgina aylanib turgan hamda qo‘l va oyoqchalarini silkitgan vaqtlar asta-sekin ortda qolmoqda. Hozir esa kichkintoyning massasi va yo‘ldoshda joyning torayganligi erkin harakatlanishga imkon bermayapti. Bolakayning har bir harakati qiyinchilik bilan bo‘ladi.

Buyuk bilimdon

Hali tug‘ilmagan bo‘lsa-da, kichkintoy dunyoni anglashga harakat qilishni boshlagan va bu jarayon davom etmoqda. Bosh miyaning asab hujayralari o‘zaro bog‘lanish jarayonini kechirmoqda.

Garchand harakatlanish reaksiyalari hali to‘liq muvofiqlashmagan bo‘lsa-da, sizning bo‘lg‘usi bilag‘oningiz o‘z “ma’lumotlar bazasida” qanday qilib tepinish, yugurib-yelish va kuniga yuz millionlab savollarni qalashtirib tashlash kerakligini asos solib boryapti – hayotiy faoliyatning muhim jarayonlarini boshqarish uchun javob beradigan asab markazlarining shakllanishi qizg‘in bormoqda.

Boshqa ichki organlar ham o‘zlarini eng yuqori tayyorlik holatiga keltirmoqda. Tomirlarning devorlari yo‘g‘onlashgan, ularning tonusi oshgan, o‘pkadagi alveolalarning shakllanishi yakunlanmoqda, buyraklar qonni filtrlab, chiqindilarni ajratmoqda, miya to‘liq shakllanib bo‘lgan.

Qo‘l va oyoqchalardagi barmoqchalar individual teri naqshlari bilan qoplanmoqda.

Ona o‘zini qanday his qiladi

Qorin kattalashib boraveradi. Tos yoki ko‘krak qafasidagi og‘riqli hislar avvalgidek bezovta qilishda davom etaverishi mumkin. Lekin yaxshi tomoni shundaki, siz bolajoningiz tizzasi bilan tepdimi yoki tirsagi bilan turtdimi – ajrata olasiz.

Bachadon yuqoriga qarab harakatda davom etadi: mazkur bosqichda u kindikdan 13 sm va qov simfizidan 33 sm balandda joylashgan bo‘ladi. Vazningiz 9,9 kg dan 12,6 kg gacha oshgan. Qizil qon tanachalarining miqdori plazma hajmiga muvofiq kela boshlaydi, kamqonlik chekinadi. Lekin boshqa muammo yuzaga keladi: siydik tez-tez qistab turadi. Kattalashgan bachadon qo‘shni organlarni bosib, qovuqni ezadi, shu tufayli bo‘lg‘usi ona bir kechada 5–6 martadan hojatga qatnashga majbur bo‘ladi.

33-haftada homila atrofidagi suvlar tug‘ruqqacha shunday o‘zgarmaydigan hajmda to‘planadi.

Simptomatika

Bu haftada yuz berishi mumkin bo‘lgan alomatlar quyidagilar: qabziyat, hazm qilishning buzilishi, milklarning qonashi, quloqlar bitishi, bosh og‘rig‘i, bel og‘rishi, varikoz, qo‘l-oyoqlar spazmi, og‘iz sutining ajralib chiqishi.

Qayd etamizki, bu alomatlar yuz berishi mumkin, albatta bo‘ladi degani emas.

Ichkaridan yengil turtkilashlar bolani hiqichoq tutayotganidan dalolat berishi mumkin. Bu tabiiy jarayon sizda xavotir tug‘dirmasligi kerak.

Qon aralash sut

Homiladorlikning 33-haftasida ayolning organizmida odatdagi holatda bo‘lganidan 1 litr ko‘p qon bo‘ladi. Aniqrog‘i, mazkur muddatda qon tizimi 5–5,5 litr qonni “haydash”ga majbur bo‘ladi.

Ona organizmi tug‘ish va laktatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga faol kirishib ketgan: yo‘ldosh gormonlari sut ishlab chiqarishga astoydil ko‘maklasha boshlaydi.

Shifokor kindik va yo‘ldoshning holatini sinchkovlik bilan nazorat qiladi – tug‘ruqqa juda oz vaqt qolgan.

Uch nonushta, uchta tushlik

Anoreksiya bo‘lsa ovqatlanish ko‘paytirilishi kerak. Ko‘p ovqat yeb qo‘yish va noxush oqibatlarni keltirib chiqarishdan saqlaydigan tarzda ratsioningizni rejalashtiring, sizning nonushta va tushliklaringiz noqulaylik va muammo emas, balki rohat keltiradigan va qulay bo‘lsin.

Ko‘plab homilador ayollar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, “katta” tushlikni ikki-uch qismlarga bo‘lib tashlash ma’qul ekanligini tasdiqlaydilar. Natijada siz kuniga kam-kamdan olti-yetti marta ovqatlanasiz. Shu orqali ochlikni ham sezmaysiz, oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lishining oldini ham olasiz.

To‘g‘ri ovqatlanish va yaxshi kayfiyat, ko‘plab maxsus yoki badiiy adabiyotlar mutolaa qilish sizning hayotingizga o‘sha “onalik”, mehribonlik, ruhiy xotirjamlik ohanglarini olib keladi, bu ohanglar endi mangu siz bilan.

homiladorlik taqvimi 33-haftasi

jinsiy
Titan Gel Orginal: OLATNI KATTALASHTIRISHKO'RISH
+ +