Home » homiladorlik taqvimi » homiladorlik taqvimi 35-haftasi

homiladorlik taqvimi 35-haftasi

homiladorlik taqvimi 35-haftasi

homiladorlik taqvimi 35-haftasi: Go‘dagingiz qorin ichida “yetilmoqda”, uning barcha organlari bor, hammasi ishlab turibdi. Hademay u tos sohasiga tushishni boshlaydi va nihoyat onaning nafas olishi osonlashadi. O‘ttiz beshinchi hafta – ona to‘liq jangovor tayyorgarlikda. Almashinuv kartasini doim yoningizda olib yuring, telefoningiz akkumulyatori zaryadlangan, hisobida esa yetarli mablag‘ bo‘lishi kerakligini e’tibordan qochirmang. Hali erta bo‘lsa ham, har ehtimolga qarshi-da.

homiladorlik taqvimi 35-haftasi– bolaning og‘irligi

35-haftadan kichkintoy haftasiga 200–220 gramdan vazn yig’ishni boshlaydi, hozir u ancha quvvatga to‘lgan: bolaning vazni – 2,4–2,6 kg, bo‘yi esa – 46–47 sm. Homiladorlikning 35-haftasi: bolaning vazni mazkur oylar mobaynida yashab kelgan joyiga nisbatan katta. Bolakayga “uychasi” borgan sari torlik qilib bormoqda, avvallgidek erkin harakatlana olmaydi. Endi uning o‘mbaloq oshishlari ko‘proq dumalashlarni eslatadi. Siz bola tanasining dam u, dam bu qismini do‘ppaytirayotganini kuzatib huzurlanishingiz mumkin.homiladorlik taqvimi 35-haftasi

Kichkintoyning tirnoqchalari o‘sib chiqqan, homiladorlikning 35-haftasida ular shunchalik uzunki, hatto qorningizda u o‘zini beixtiyor tirnab olishi ham mumkin.

Bu davrda tuklar yo‘qoladi, yog‘li to‘qimalarning ko‘payishi davom etadi. To‘qimalar ayniqsa yelka atrofi sohasida faol yig‘iladi, bu bolakayning yelkachalari takomillashuvidan nishonadir.

Qulayroq joylashib olib…

Homiladorlikning 35-haftasi bolalar ona qornida to tug‘ilgunga qadar o‘zgartirmaydigan oxirgi holatni tanlash muddati hisoblanadi.

Ko‘pincha, homiladorlikning 35 – 36-haftalarida aksar bolalar to‘g‘ri yotib oladi: boshi bilan pastga qaragan, yuzi onasining orqasiga yo‘nalgan bo‘ladi. Bunday holat bosh bilan yotish deyiladi. Bosh suyagi hali oxirgacha qotib bo‘lmagan va tug‘ruq yo‘llaridan o‘tayotganda shaklini bir oz o‘zgartira oladi, bu esa tug‘ish jarayonini yengillashtiradi. Kichkintoyingiz uchun bunday boshi bilan pastga qarab yotish ham qulay, ham maqbuldir, uning mazkur muddatda g‘ujanak bo‘lib yotishi ham tabiiy hol.

Agar bolangiz to‘nkarilib olishni istamagan bo‘lsa, xavotirga tushmang, tug‘ruqlar, katta ehtimol bilan, muvaffaqiyatli o‘tadi. Tajribali akusherlar buning uchun barcha iqtidorlarini ishga solishlari lozim.

homiladorlik taqvimi 35-haftasi – sezgilar

Qorin rosa o‘sgan va ko‘p qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda! Bachadon yiriklashib, oshqozonni ezib, o‘pkalaringizni esa deyarli yapaloq shaklga keltirib qo‘ygan, u diafragmaga go‘yo yotib olgan. Yana ozgina sabr qiling: 35-haftaning oxiriga borib bolakay pastga tushishni boshlaydi, to‘yib-to‘yib nafas olasiz.

Hozir esa, agar rostdan ham nafas olishingiz qiyinlashgan bo‘lsa, mazkur g‘alati bir mashqni bajaring: tizza va kaftlarni yerga qo‘ygan holda turib bir necha marta chuqur nafas olib chiqaring.

Bachadonning tubi kindikdan 15 sm va qov simfizidan 35 sm ga ko‘tarilgan. Kindikning o‘zi do‘ppayib qolgan ko‘rinishga ega. Bu homiladorlikning mazkur muddati uchun odatiy holdir. Ushbu davrda kichkintoy sizning organizmingizdan faol tarzda kalsiy moddasini iste’mol qiladi. Taomnomangizda qaymog‘i olinmagan sut va sut mahsulotlariga alohida e’tiboringizni qarating.

homiladorlik taqvimi 35-haftasi: qorin toshdek qotadi

Muddat ancha kattalashgan, homiladorlikning 35-haftasida ko‘pgina ayollar uchun noqulayliklar hissi xos bo‘ladi: oyoqdagi og‘riqlar yoki qorinning pastki qismidagi tortuvchi og‘riqlar vaqti-vaqti bilan bezovta qiladi. Albatta, go‘dagingiz ancha kattalashgan, unga joy torlik qilmoqda, onaning qorni doim tarang holatda turibdi. Ayrim ayollarda homiladorlikning 35-haftasida muayyan noqulayliklar vujudga kelishi mumkin: qorin toshdek qotadi, oyoqlar shishadi, charchaganlik hissi – bularning hammasi sizni deyarli holdan toydiradi.

Biroq bu alomatlarni yengillashtirish yoki ularni butunlay chetlab o‘tish mumkin. Ba’zida buning uchun juda oson harakatlar kerak. Masalan, muttasil o‘tiradigan hayot tarzidan voz kechish tavsiya qilinadi: amalda har 10–20 daqiqada yurib harakatlanish kerak. Bundan tashqari qo‘l va oyoqlarda shishlar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida ko‘p suyuqlik ichmaslik kerak. Ertalablari va kun davomida homiladorlar uchun mo‘ljallangan yengil badantarbiya bilan shug‘ullangan yaxshi hamda to‘g‘ri va kam-kamdan ovqatlangan ma’qul.

homiladorlik taqvimi 35-haftasi tug‘ruq

Bolakay “yetilgan”, u tug‘ilish vaqtini kutib yotgan chaqaloqqa o‘xshaydi. Garchand homiladorlikning 35-haftasidagi tug‘ruq me’yor deb hisoblanmasa-da, vahimaga tushmaslik kerak. Hozirgi asosiy vazifa – mavridni o‘tkazib yubormaslik! Agar qo‘qqisdan belda biror og‘riq yuzaga kelsa va u davriy tusga ega bo‘lsa, ajralmalar chiqsa yoki qorningiz toshdek qotganini sezsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokorni xabardor qilganingiz ma’qul. Shunda, agar mazkur muddatda tug‘ruq kelib qolsa ham, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi o‘tadi va ona uzoq vaqtdan buyon kutayotgan kichkintoyini bag‘riga bosib oladi!

Xotirjam homiladorlik

35-hafta – maksimal darajada yaxshi kayfiyat va xotirjamlik davri hisoblanadi. Agar hozirgi muddatda tug‘ish bilan bog‘liq qandaydir vahima sizni chulg‘asa, uni darhol haydab yuboring. Kechki tomon yaxshi filmlar tomosha qiling, sokin musiqa tinchlantirishini unutmang, alla aytishni kanda qilmang. Bolalarga onasi aytgan qo‘shiqlar doim yoqadi.

Ishonchingiz komil bo‘lsin: hammasi yaxshi bo‘ladi. Homiladorligingiz muddati ham tugay deb qoldi. Bu g‘animat kunlardan huzurlanib qoling. Agar dadil bo‘la olmasangiz, yaqinda tug‘adigan ayollar kurslariga qatnang.

Ko‘pchilik orasida inson o‘zini doim dadilroq his etadi. Odamlar bilan muloqot qilishdan tashqari bunday kurslarda bilimingizni yanada oshirasiz, to‘lg‘oq vaqtida o‘zingizni qanday tutishni bilib olasiz. Bu esa tug‘ruq vaqtida dadilroq bo‘lishingizga yordam beradi.

homiladorlik taqvimi 35-haftasi

jinsiy
Titan Gel Orginal: OLATNI KATTALASHTIRISHKO'RISH
+ +