Home » homiladorlik taqvimi » homiladorlik taqvimi 36-haftasi

homiladorlik taqvimi 36-haftasi

homiladorlik taqvimi 36-haftasi

homiladorlik taqvimi 36-haftasi: Doktor huzuriga odatdagidan ko‘proq qatnaysiz, u yo‘ldoshning holatini o‘rganadi. Siz, oilangiz va shifokor kutishdan boshqa ish qilmaysizlar.

Tug‘ruqxonaga olib ketiladigan sumkangiz shay turibdi, siz tug‘ishga tayyorgarlik ko‘raverasiz, yaxshi adabiyotlarni o‘qiysiz va yaqinda tuqqan onalar bilan shirin suhbatlar qurasiz.

homiladorlik taqvimi 36-haftasi – bolaning vazni

Kichkintoyni qorinda olib yurish jarayoni o‘z me’yorida kechsa va kamsuvlik holati yuz bermagan bo‘lsa, odatda, homiladorlikning 36-haftasida bolaning vazni me’yor darajasida bo‘ladi, u kichik vaznli bo‘lib qolmasligi aniq.

Uzunligi 46–48 sm va og‘irligi 2,6–2,8 kg bo‘lgan sizning “qorindagi mehmoningiz” borgan sayin kam harakat bo‘lib boradi: u qayrilishga joy topolmaydi, bachadonda joy torlik qiladi. Lekin siz uni his etishingiz kerak.homiladorlik taqvimi 36-haftasi

Bolakay barmog‘ini so‘ravergani hisobiga yuzlari do‘mboqlashib qolgan, u dunyoga kelgandan so‘ng bo‘ladigan oziqlanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Albatta-da! Tug‘ilib bo‘lgach, uning onasining qornidagidek bemashaqqat oziqlanish qayerda deysiz? Emishdan tashqari, jimitingiz yutinish va nafas olish harakatlarini ham bajaradi.

Kichikkina yurakcha butunlay shakllanib bo‘lgan, asab, immun va endokrin tizimlar ishlashga deyarli shay, ular biroz “yetilsa” kifoya. O‘ziga kerakli kislorod ulushini bolakay kindik orqali olishni davom etmoqda.

Ona o‘zini qanday his qiladi

36-haftaga kelganda eng maqbul qo‘shimcha vazn 12 kg ni tashkil etadi. Agar bundan bir oz ko‘proq vazn yig‘gan bo‘lsangiz, qo‘rqinchli joyi yo‘q – tug‘ruqdan keyin siz osonlik bilan ortiqcha vazndan xalos bo‘la olasiz. Bachadon o‘zining yuqori pog‘onasini egallagancha turibdi: kindikdan 14–15 sm va qov simfizidan – 36 sm balandlikda.

Ba’zida bolakay oyoqlari bilan naq yuragingizning tagida depsinayotgandek tuyuladi, lekin bu hol uzoqqa cho‘zilmaydi. Homiladorlikning 36–37-haftalarida bolakayning boshchasi tos qismiga qarab yo‘l oladi, bu esa onada nafas olish jarayonini osonlashtiradi. Lekin ayrim hollarda bolaning boshi pastga qarab joylashmasligi ham mumkin. Birinchi marta tug‘mayotgan onalar to tuqqunlariga qadar qiynalib nafas olishlariga to‘g‘ri keladi.

Suyaklar cho‘zilishining hisobiga tos qismida og‘riqlar paydo bo‘lishi, bachadonning organlarni ezishi hisobiga esa siydik va hojat ajralishi jarayoni tezlashishi mumkin. Bachadon bo‘yinchasi bu muddatda yumshab, qisqarishni boshlaydi, organizm juda yaqin qolgan tug‘ruqqa tayyorgarlik ko‘rmoqda. Lekin ba’zi bolalar shoshqaloq bo‘lishadi, va ko‘p go‘daklar vaqtidan bir oz ilgariroq tug‘ilishlari ham mumkin: homiladorlikning 36-haftasida tug‘ish – u qadar kamdan-kam uchraydigan hodisa emas.

homiladorlik taqvimi 36-haftasi: qorin tosh qotadi

Mazkur muddatda ayolga o‘zini qanday his etayotganini qat’iy nazoratga olish hamda o‘z organizmiga quloq solish tavsiya etiladi. Agar belingizda og‘riqlar paydo bo‘lsa – ularning davom etish muddatiga (davomliligiga) e’tibor bering. Mabodo qorningizda tortuvchi og‘riq yuzaga kelsa – uning davriyligi va davomliligiga ahamiyat qarating. Lekin agar siz homiladorlikning 36-haftasida bularning hammasini o‘zingizda birdaniga qayd etgan bo‘lsangiz, ya’ni qorningiz toshdek qotsa, belingiz tortqilasa, qorinning pastki qismi zirqirab og‘risa, u holda o‘zingizning akusher-ginekologingizga albatta qo‘ng‘iroq qiling. Ehtimol bu bachadonning gipertonusidir va tug‘ruqqa uzoq vaqt qolmaganidan darak beradi.

homiladorlik taqvimi 36-haftasi tug‘ish

Homiladorlikning 36-haftasi tug‘ruqqa oz qoldi, deya ishora beradi. Bu muddatda onajonlar bolaning sepini tekshirishga tushishadi – hamma narsa olindimi, yana nima yetishmayapti. Tug‘ruqxonada sizga zarur bo‘ladigan narsalarning ro‘yxatini tuzing yoki tug‘ruqxonaga olib ketadigan sumkangiz tayyor bo‘lsa, uni obdon-boshdan taftish qilib chiqing.

Doktoringiz huzuriga haftada bir marta qatnang va ikki jon – o‘zingiz va bolangizning salomatligini xavf ostiga qo‘ymagan holda sayrga kamroq chiqishga harakat qiling. Yaxshisi uyda o‘tiring, sababi vaqtidan oldin tug‘ruq boshlanib qolsa, shifokoringiz sizni ko‘chadan qidirib yurmasin.

Agar turish qiyin bo‘lsa

Ba’zan ertalablari homilador ayolning yotog‘idan turishi mashaqqatga aylanib qoladi. Bu yumushni bajarish unga hozir – 36-haftada juda qiyinlashadi. Agar sizda ham shunday muammo yuzaga kelsa, o‘zingizni keskin harakatlardan tiying. Avval yonboshga o‘giriling, keyin oyoqlaringizni osiltiring va shundan keyingina tikka turing.

Poshnali payabzalni juda yoqtirgan taqdiringizda ham hozir bunday oyoq kiyimdan voz kechib turish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozir siz o‘zingizni ziynatlash uchun emas, bola uchun yashayapsiz. Bu bilan o‘zingiz uchun tug‘ruqni osonlashtirgan bo‘lasiz. Ishni murakkablashtirishni keragi yo‘q.

Bo‘lg‘usi onalarnga mo‘ljallangan o‘quv kurslari, kichkintoy tug‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish – mana shular hozir hayotingiz tarzidir.

jinsiy
Titan Gel Orginal: OLATNI KATTALASHTIRISHKO'RISH
+ +