Загрузка...
Home » Davolash » bavosil uy sharoitida davolash

bavosil uy sharoitida davolash

bavosil uy sharoitida davolash

bavosil uy sharoitida davolash: Bavosil (gemorroy)ni shohlarning kasali, deyishadi. Chunki bu dard kamharakatlik, bir joyda uzoq o`tirish va ich qotishi tufayli qattiq kuchanish oqibatida paydo bo`ladi. Tibbiyotda bavosil ikki usulda davolanadi: dori vositalari va jarrohlik yo`li bilan. Ammo xalq tabobatida salomatlikka jiddiy zarar keltiradigan va bemorga ko`pgina noqulayliklar tug`diradigan ushbu xastalikni davolash usullari talaygina.

bavosil uy sharoitida davolash

Bavosil qanday xastalik?

Har bir odamningnajas chiqarish yo`lida gemorroidal tugunchalar bo`ladi. Shu joydagi vena tomirlarida qon turib qolishi oqibatida tugunchalar o`z o`rnini o`zgartirib, tashqariga chiqib qoladi va shisha boshlaydi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, har kim ham bavosil bilan og`rishi mumkin.

Bemorlarga tavsiyalar

  • ich qotishining oldini oling;
  • spirtli ichimliklar, pivo, sho`r, achchiq va ziravorli mahsulotlardan tiyiling;
  • tanangizning beldan pastki qismi shamollamasligiga e`tibor bering;
  • uzoq vaqt yurish va tik turishdan qoching;
  • hech qachon muzdek joyga, ayniqsa, muzdek metall ustiga o`tirmang;
  • hojatxona qog`ozidan foydalanmang, orqa teshikni suv bilan yuving;
  • har hafta kechki uyqudan avval huqna qiling.

Foydasi bor!

bavosil uy sharoitida davolash

  • Xom kartoshkadan jimjiloqdek shamcha yo`nib olib, orqa teshikka qo`yish kerak. Uni kun davomida ushlab turish ham mumkin. Yurishga xalaqit bermaydi. Agar har kuni bir-ikki marta shu muolaja qilinsa, bavosil bir necha kunda o`tib ketadi.
  • Sarimsoq bo`lakchalaridan maydaroqlarini butun-butun yutish lozim. Sarimsoq oshqozonda hazm bo`lmay, ichakka tushadi va axlatga aralashib chiqib ketish jarayonida orqa ichakdagi yoriqlarni davolaydi.
  • Bavosilni asal bilan ham davolash mumkin. Qotgan asaldan shamcha o`yib olib, orqa teshikka kirgiziladi. U ichakda erib, hamma bakteriya va mikroblarni o`ldiradi va yallig`lanishga barham beradi.
  • Xom kartoshka yoki lavlagi sharbatini siqib olib, paxtadan yasalgan tamponni shu sharbatga botirasiz va bavosil shishlariga qo`yasiz. Bu og`riqni qoldirib, yallig`lanish jarayonlarini to`xtatadi.

Ibn Sino deydiki…

  • Behi urug`i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ichburug`da, bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
  • Bavosil illatida piyoz suviga paxtani to`yintirib, 10 kun 2 mahaldan bog`lab yurilsa, foyda qiladi. Parhezi: xamirli, qovurma ovqatlar, no`xat, loviya, achchiq va sho`r taomlarni to`liq tuzalguncha emaslik kerak, jinsiy aloqa to`xtatib turiladi.
  • Zulukni quritib, tuyib, asal bilan qo`shib qo`yilsa, bavosil yarasini quritadi. Bu 5-8 marta takrorlansa, kasallik yo`q bo`lib ketadi.
  • Har kuni nahorda bir piyola echki sutidan tayyorlangan qatiq zardobidan ichish lozim. Shunda bavosil tezda barham topadi.
  • Qora tut daraxtining shoxchasini maydalab, kukun holiga keltirib, bavosilga qo`yilsa, og`riq qoladi.

ShAHINA tayyorladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

 

jinsiy